Asosiy
🔐
Oddiy va maxfiy chat
Oddiy chatda xabarlar serverda shifrlangan holda saqlanadi. Maxfiy chat esa uchdan-uchgacha shifrlangan: xabarni faqat siz va suhbatdoshingiz o'qiy oladi. Maxfiy chatda nusxa olish, uzatish, saqlash, skrinshot va tizim klaviaturasini taqiqlash mumkin.
👥
Guruh va kanallar
Ommaviy va yopiq guruhlar, kanallar, adminlar, qadalgan xabarlar, taklif havolalari.
📞
Video va ovozli qo'ng'iroq
WebRTC va TURN orqali turli davlat va operatorlar o'rtasida ham ishlaydi. Naushnik va Bluetooth qo'llab-quvvatlanadi.
🎙
Guruh ovozli chati
Guruh va kanallarda 10 kishigacha jonli ovozli suhbat, ishtirokchilar ro'yxati bilan.
🎬
Ovozli xabar va krujok
Bosib turib yozish, qulflash, oldindan tinglash. Dumaloq video xabarlar turli shakllarda.
📡
Lokal rejim — internetsiz
Yaqin atrofdagi qurilmalar bilan internetsiz yozishish. Har ulanish 6 xonali kod bilan tasdiqlanadi va shifrlanadi.
🧑🤝🧑
Ko'p akkaunt va qurilma
Bir ilovada bir nechta akkaunt, har biri alohida muhitda. Qurilmalarni ko'rish va masofadan chiqarish.
⌨️
Ichki klaviatura
Maxfiy chat uchun ilovaning o'z klaviaturasi: u hech narsani eslab qolmaydi va hech qayerga saqlamaydi.
👻
Sharpa rejimi
Onlayn holat, oxirgi faollik va o'qilganlik belgisini yashirish — umumiy yoki alohida chat uchun.
📎
Fayl va media
Istalgan fayl turi, yuklanish foizi, to'xtatish va davom ettirish. Hajm limiti tarifga qarab 25 MB dan 1 GB gacha.
🌐
Til va mavzular
Ilova 4 tilda. Yangi til yoki ranglar mavzusi ilovani yangilamasdan, serverdan imzolangan paket sifatida keladi.
💎
Tariflar
Oddiy tarif bepul. Premium, Pro va Verified qo'shimcha imkoniyatlar beradi: ko'proq profil, katta fayl, maxsus ranglar va belgilar.
🎨
Dizayn va mavzular
Feruza va siyoh uslubi, rangli mavzular. Premium va Pro'da o'zbek naqshlari (adras, islimi, girih...), shaffof shisha sirtlar, telefon qiyshayganda yaltiraydigan belgilar va chuqurlik beruvchi "jonli rejim", Pro'da video fon.
🖼
Albom, izoh va suzuvchi video
Telegram uslubida: bir nechta rasm/video albom bo'lib ketadi, izoh tepada yoki pastda, galereyada to'liq ekranda varaqlab tanlash. Video xabar chatdan chiqsangiz ham suzuvchi oynada davom etadi.
😀
Stiker va effektlar
Emoji va stikerlar; bitta emoji yuborsangiz ekranda effekt va ovoz (kabutar, yurak, konfeti...). Xabar va qo'ng'iroq ovozini tanlash mumkin.
🔔
Push va qo'ng'iroq xabarnomasi
Qo'ng'iroqda "Javob berish" va "Rad etish" tugmalari, ilova uxlab yotganda ham yetib boradigan push va bildirishnomalar tekshiruvi.
Izohlar
Kabutar haqida fikringizni yozing — ro'yxatdan o'tish shart emas.
Hali izoh yo'q — birinchi bo'ling!